NUR

Zabur 27

Dovud sanosi.

1Senga iltijo qilaman, ey Egam, Meni eshitmay qolmagin, ey suyangan Qoyam. Agar menga gapirmay sukut saqlasang, Qabrga tushgan odam kabi bo‘lib qolaman.

2Eshitgin, Senga iltijo qilaman. Muqaddas maskaningga qo‘llarimni cho‘zib, Faryod qilib, Sendan madad so‘rayman.

3Meni fosiqlarning qatoriga qo‘shmagin, Ularning qilmishlari yomonlikdir, Qo‘shnilariga tilyog‘lamalik qiladi, Yuraklarida esa yovuz niyatdir.

Nur ilovasida to'liq o'qish →