NUR
Zabur 21
Ijrochilar rahbariga. “Tongda chiqqan kiyik” kuyiga aytilgan. Dovud sanosi.
1Ey Xudoyim! Nega meni tark etding?! Nega mendan uzoqdasan shu qadar?! Ey Xudoyim! Nechun menga najot bermaysan?! Ohu nolalarimni eshitmaysan?!
2Ey Xudoyim, kun bo‘yi iltijo qilaman, Sen esa javob bermaysan. Tun bo‘yi yolvoraman, Ammo menga tinchlik yo‘q.
3Baribir Sen muqaddas Xudosan, Isroilning hamdu sanosi qurshab olgan taxtingni.