NUR
Zabur 136
1Bobildagi daryolar bo‘yida o‘tirardik, Yig‘lab, u yerlarda Quddusni eslardik.
2Liralarimizni o‘sha yerdagi tollarga Osib qo‘ygandik.
3Bizni u yerda asirga olganlar: “Qo‘shiq aytib beringlar”, derdilar, Bizga zulm qilganlar ko‘ngillarini chog‘ qilgani: “Bizga Quddus qo‘shiqlaridan kuylanglar”, derdilar.