NUR
Zabur 12
Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
1Ey Egam, qachongacha meni unutasan? Meni to abad unutasanmi? Qachongacha yuzlaringni mendan yashirasan?
2Qachongacha jonim azobda qoladi? Kun bo‘yi yuragim g‘amga to‘ladi? Qachongacha dushmanim mendan ustun keladi?
3Javob ber, ey Egam Xudo, boq holimga! Kuchimni qaytargin, toki ketmayin o‘lim uyqusiga.