NUR
Zabur 11
Ijrochilar rahbariga. Sakkiz torli asbob jo‘rligida. Dovud sanosi.
1Najot bergin bizga, ey Egam! Taqvodor bir inson qolmadi, Senga sodiq inson yo‘q bo‘lib ketdi.
2Hamma bir–biriga yolg‘on so‘zlaydi, Xushomadgo‘ylik bilan bir–birini aldaydi.
3Xushomadgo‘y tillarni Egamiz kesib tashlasin, Maqtanchoq og‘izlarni U qirib tashlasin.