NUR
Zabur 103
1Egamni olqishla, ey jonim. Ey Egam Xudo! Sen naqadar buyuksan, Shuhratu ulug‘vorlikka burkangansan.
2Yopinchiqqa o‘ralganday nurga chulg‘angansan, Samolarni bir chodir kabi yoygansan.
3Osmondagi suvlar uzra dargohingni qurgansan, Bulutlarni jang aravasi qilasan, Shamol qanotlarini minib ketasan.