NUR
Hikmatlar 10
1Sulaymonning hikmatlari. Dono farzand otaga shodlik keltiradi, nodon farzand esa onaga qayg‘u.
2Yovuzlik bilan topilgan boylikdan naf yo‘q, to‘g‘rilik esa o‘limdan qutqaradi.
3Egamiz solihning och qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, lekin fosiqning xohishini bajo qilmaydi.