NUR
Filippiliklarga 3
1Endi esa, ey birodarlarim, Rabbimiz Iso tufayli shodlaning! Sizlarga bir xil narsalarni yozaversam ham zerikmayman, yozganlarim sizlarni har xil balolardan asraydi.
2Itday bo‘lganlardan, yovuzlik qiladiganlardan, tanasini kesadiganlardan ehtiyot bo‘linglar!
3Chunki biz, Xudo Ruhining yordami bilan sajda qiluvchilar, haqiqiy sunnat qilinganmiz. Biz Iso Masih tufayli faxrlanamiz, insoniy xususiyatlarimizga ishonmaymiz.