NUR
Filippiliklarga 2
1Masihga tegishli bo‘lganingiz sizlarga dalda beryapti, Uning sevgisidan tasalli topyapsiz, Muqaddas Ruh bilan muloqotdasiz, yuraklaringiz mehr–shafqatga to‘la.
2Shunday ekan, mening shodligimga shodlik qo‘shib, bir xil fikr qiling, bir–biringizga mehr–muhabbat ko‘rsating, yakdillik bilan hamfikr bo‘ling.
3Hech bir ishni xudbin niyatda qilmang, shuhratparast bo‘lmang, aksincha kamtarlik bilan boshqalarni o‘zingizdan balandroq ko‘ring.