NUR
Filimo'nga 1
1Iso Masihga qilgan xizmatim tufayli qamoqda bo‘lgan men — Pavlusdan hamda birodarimiz Timo‘tiydan sevikli hamkorimiz Filimo‘nga salom!
2Singlimiz Affiya bilan safdoshimiz Arxippga, shuningdek, xonadoningda yig‘ilib turadigan imonlilar jamoatiga ham salom yo‘llaymiz.
3Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.