NUR

Obadiyo 1

1Quyidagilar Obodiyoning bashoratidir. Egamiz elchi yuborib barcha xalqlarga, Quyidagi xabarini yetkazdi bizga: “Tayyorlaninglar! Qani, kelinglar, Edomga qarshi urushga boraylik!” Edom xalqi haqida Egamiz Rabbiy quyidagilarni aytmoqda:

2“Ey, Edom xalqi, xalqlarning orasida Men eng arzimas qilib qo‘yaman sizni, Hamma sizlardan nafratlanadi.

3Takabburligingiz sizlarni aldadi. Qoyadagi qo‘rg‘ondir poytaxtingiz, Baland tepalikdadir uylaringiz, Shuning uchun aytasiz o‘zingizcha: ‘Kim bizlarni tushira olar yerga?!’

Nur ilovasida to'liq o'qish →