NUR
Sahroda 7
1Muso Muqaddas chodirni o‘rnatib bo‘lgan kuni chodirga moy surtib muqaddas qildi. So‘ng chodirning barcha ashyolariga, qurbongohga va uning barcha buyumlariga moy surtib chiqib, muqaddas qildi.
2Shundan keyin xalqni ro‘yxatga olish uchun mas’ul bo‘lgan yo‘lboshchilar — Isroil qabilalarining urug‘boshilari o‘z nazrlarini keltirishdi.
3Ularning Egamizga keltirgan nazrlari oltita soyabonli arava va o‘n ikkita ho‘kizdan iborat edi. Har bir yo‘lboshchi bittadan ho‘kiz va har ikkita yo‘lboshchi bittadan arava olib kelgan edi. Yo‘lboshchilar bu nazrlarini Egamizga Muqaddas chodir oldida taqdim qilishdi.