NUR
Sahroda 28
1Egamiz Musoga aytdi:
2“ Isroil xalqiga shunday deb buyur: ular taom nazrlarini Menga har doim belgilangan vaqtda keltirishsin. Kuydiriladigan bu nazrlardan Menga yoqimli hid keladi.”
3Egamiz davom etib, Isroil xalqiga olovda kuydiriladigan nazrlar to‘g‘risida quyidagi qonunlarni yetkaz, deb Musoga amr berdi: “Har kuni ikkita nuqsonsiz bir yoshli qo‘chqor qo‘zini Egamizga kunda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar.