NUR
Sahroda 16
1Bir kuni Levi qabilasining Qohot urug‘idan bo‘lgan Izxor o‘g‘li Ko‘rax Musoga qarshi isyon ko‘tardi. U Ruben qabilasidan Eliyobning o‘g‘illari Datan va Aburamni hamda Palaf o‘g‘li Onni yoniga qo‘shib oldi. Isroil xalqining 250 yo‘lboshchisi ham ularga qo‘shildi. Bu yo‘lboshchilar jamoa kengashining tayinlangan a’zolaridan bo‘lib, obro‘li kishilar edi.
2Ular Muso bilan Horunga qarshi yig‘ilishib, ikkoviga shunday deyishdi: — Sizlar haddingizdan oshib ketdingiz! Axir, butun jamoa va uning har bir a’zosi Egamizga tegishli–ku! Egamiz hammamiz bilan birgadir. Nimaga endi sizlar o‘zingizni Egamizning jamoasidan ustun qo‘yyapsizlar?!
3Muso bu gapni eshitib, muk tushdi.