NUR
Sahroda 15
1Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: Egamiz sizlarga beradigan yurtga o‘rnashib olganingizdan keyin mana bu qonunlarga rioya qiling:
2bergan va’dangizga muvofiq, qo‘y–echki suruvi yoki podadan qilinadigan qurbonlik, ko‘ngildan chiqarib beradigan qurbonlik, xalqning belgilangan bayramida qurbonlik qilay, deb Egamizga yoqimli hid borishi uchun quydiriladigan qurbonlik yoki tinchlik qurbonligi qilib olovda quydirasiz.
3Shunda Egamizga atab, qurbonlikka qo‘shib don bilan sharob nazri ham qilishingiz lozim. Qo‘zi yoki uloqchani qurbonlik qilganingizda, don nazrini — ikki kosa zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa sifatli unni, ikki kosa sharobni nazr qilinglar.