NUR

Naximiyo 1

1Quyidagilar Xaxalyo o‘g‘li Naximiyoning xotiranomasidir. Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilida, Xislav oyida men Shushandagi qal’asida edim.

2Shunda ukam Xonin boshqa ba’zi odamlar bilan Yahudo yurtidan keldi. Men ulardan asirlikka olib ketilmagan va asirlikdan qaytib borgan yahudiylarning holini, shuningdek, Quddus shahrining ahvolini so‘radim.

3Ular shunday javob berdilar: “Viloyatdagi asirlikka olib ketilmagan va asirlikdan qaytib borgan yahudiylar og‘ir qayg‘u, sharmandali ahvolda qolganlar: Quddusning devori vayron bo‘lib ketgan, darvozalari yondirilgan.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →