NUR

Naxum 3

1Holingga voy, ey qo‘li qon shahar! O‘taketgan makkor, o‘ljaga to‘lgan shahar! U yerdagi qotilliklar hech tugamas!

2Quloqqa chalinar qamchilarning vizillashi, G‘ildiraklarning taraq–turug‘i, Yelayotgan ot tuyoqlarining tovushi, Jang aravalarning gumburlashi!

3Jangga kirmoqda otliq sipohlar, Yalt–yult etmoqda qilichlar, Yarqiramoqda nayzalar, Uyilib ketdi o‘liklar, Uyum–uyum bo‘ldi jasadlar, Murdalarning son–sanog‘i yo‘q. Qoqilishar jasadlarga odamlar!

Nur ilovasida to'liq o'qish →