NUR

Mark 9

1Iso ularga yana dedi: — Sizlarga chinini aytayin, bu yerda turganlardan ba’zilari borki, ular Xudoning Shohligini qudrat bilan kelishini ko‘rmagunlaricha, o‘lmaydilar.

2Oradan olti kun o‘tdi. Iso yoniga Butrus, Yoqub va Yuhannoni olib, baland bir toqqa chiqdi. U yerda, ularning ko‘z o‘ngida Isoning qiyofasi o‘zgarib ketdi.

3Uning kiyimlari ham ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq bo‘lib qoldi, yer yuzida hech bir kir yuvuvchi bunday oqartira olmas edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →