NUR
Mark 6
1Iso u yerdan jo‘nab, ona shahriga bordi. Shogirdlari ham Uning ortidan ergashdilar.
2Shabbat kuni Iso sinagogada ta’lim berdi. Uni tinglayotganlarning ko‘pchiligi hayratga tushib: — Bu Odam shuncha narsani qayerdan o‘rgandi ekan–a? — deb so‘rardilar. — Unga bunday donolikni kim berdi? U bunday mo‘jizalarni qanday qilyapti?
3Iye, U Maryamning duradgor o‘g‘li–ku! Yoqub, Yusuf, Yahudo va Shimo‘nning akasi emasmi bu?! Uning singillari ham oramizda yashaydi–ku! Odamlar Isodan qattiq xafa bo‘ldilar.