NUR
Mark 10
1Iso u yerdan ketib, Yahudiya o‘lkasiga, so‘ng Iordan daryosining narigi tomoniga bordi. Uning atrofiga yana ko‘p xalq yig‘ildi. U O‘z odatiga ko‘ra, odamlarga yana ta’lim berdi.
2Ba’zi farziylar keldilar va Isoni sinamoqchi bo‘lib, so‘radilar: — Qonunga ko‘ra, er o‘z xotinidan ajralishi mumkinmi?
3Iso bunga javoban: — Muso sizlarga nimani amr qilgan? — deb so‘radi.