NUR
Mixo 6
1Egamizning suzini eshiting: “Qani turing! Tog‘lar oldida ayting da’voingizni, Qirlar eshitsin sizning ovozingizni.”
2Ey tog‘lar, Egamizning da’vosiga quloq tuting, Zaminning mangu poydevorlari, siz ham eshiting! O‘z xalqi bilan Egamiz da’volashadi, Xalqi Isroil bilan U bahslashadi.
3Egamiz demoqda: “Ey xalqim, senga Men nima qildim?! Senga tushdimi biror og‘irligim?! Qani, javob bergin–chi Menga!