NUR

Mixo 5

1Ey Quddus, yiqqin lashkaringni! G‘animlar bizni qurshovga oldi! Ular Isroil hukmdorining betiga tayoq bilan uradi.

2Ammo Egamiz demoqda: “Ey Efratdagi Baytlahm, Sen Yahudoning mitti shahri bo‘lsang ham, Isroilni Men uchun boshqaradigan zot sendan chiqadi. Uning nasabi qadimlarga borib taqaladi.”

3Ha, Egamiz Isroil xalqini bir muddatga dushmanlarga taslim qiladi, Ammo bu hol uzoq davom etmaydi. Homilador ayolning ko‘zi yoriganda, Bo‘lg‘usi hukmdorning birodarlari surgundan qaytadi. Ular Isroil xalqi bilan birlashadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →