NUR
Mixo 3
1Men shunday dedim: “Ey Yoqub yo‘lboshchilari eshiting! Ey Isroil hukmdorlari quloq soling! Adolat o‘rnatish sizning vazifangiz–ku!
2Sizlar esa yaxshilikdan nafratlanasiz, Qabihlikka mehr qo‘yasiz, Siz xalqimning terisini shilib, Etini suyagidan ajratib olasiz.
3Siz xalqimning etini yeysiz, Terisini shilib, suyaklarini maydalaysiz, Qozonga solinadigan go‘shtday ularni nimtalaysiz.