NUR
Mixo 2
1Ey to‘shagida yotib, yovuzlikni rejalashtirganlar! Sizning holingizga voy! Tong otganda siz Rejalaringizni amalga oshirasiz. Ha, bu sizning qo‘lingizdan keladi.
2Sizlar birovning ekinzoriga ko‘z olaytirib, Uni tortib olasiz. Birovning uyini yoqtirib qolib, Uni o‘zingizniki qilib olasiz. Birini o‘z uyidan, Boshqasini — meros qilib olgan yeridan mahrum etasiz.
3Shu sababdan Egamiz demoqda: “Men sizlarga qarshi falokatni reja qilyapman. Sizlar bo‘yinturuqdan qochib qutulolmaysiz, Burningizni osmonga ko‘tarib yurmaysiz. Bu og‘ir damlar bo‘ladi.”