NUR
Matto 26
1Iso bu gaplarni aytib bo‘lgach, shogirdlariga shunday dedi:
2“Ikki kundan keyin Fisih ziyofati bo‘lishini bilasizlar. Ana, o‘shanda Inson O‘g‘liga xoinlik qilishadi, Uni xochga mixlashadi.”
3Bu paytda bosh ruhoniylar va oqsoqollar Kayafa ismli oliy ruhoniyning saroyida yig‘ilgan edilar.