NUR
Matto 24
1Iso Ma’baddan chiqib ketayotganda, shogirdlari Uning yoniga kelib, diqqatini Ma’badning binolariga qaratdilar.
2Iso ularga dedi: “Bularning hammasini ko‘ryapsizmi? Sizlarga chinini aytayin: bular vayron bo‘ladi. Bironta tosh o‘z joyida qolmaydi.”
3Iso bir O‘zi Zaytun tog‘ida o‘tirganda, shogirdlari Uning yoniga kelib, so‘rashdi: “Bizlarga ayting–chi, bu hodisalar qachon yuz beradi? Sizning kelishingizni va oxirzamon yaqinlashganini nimadan bilsak bo‘ladi?”