NUR
Malaki 3
1Sarvari Olam shunday deydi: “Mana, Men O‘z elchimni yuboryapman. U Men uchun yo‘lni hozirlaydi. U to‘satdan O‘z Ma’badiga keladi. Sizlar izlayotgan Rabbiy O‘shadir. Ahd elchisi Uning O‘zidir. Sizlar Undan g‘oyat mamnun bo‘lasiz.”
2Ammo U kelganda kim bardosh bera oladi?! Paydo bo‘lganda kimning joni saqlanib qoladi?! Ha, U o‘yadigan ishqor, tozalaydigan olov kabidir.
3U o‘tirib, Levi avlodini tozalaydi, kumush va oltinni olovda soflaganday ularni soflaydi. Shunda ular Egamizga manzur keladigan nazrlar taqdim qilishadi.