NUR

Luqo 8

1Oradan ko‘p o‘tmay, Iso shaharu qishloqlarga borib, Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qildi. O‘n ikki shogirdi U bilan birga edi.

2Yovuz ruhlardan va xastaliklardan xalos bo‘lgan bir necha ayollar ham Isoga ergashgan edilar. Bular: Magdalalik Maryam (uning ichidan yettita jin chiqib ketgan edi),

3Hirodning saroy boshqaruvchisi Xuzaning xotini Yo‘anna, Suzanna va ko‘plab boshqa ayollar edi. Ular o‘z mol–mulklarini Iso bilan Uning shogirdlari ehtiyojlari uchun sarf qilardilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →