NUR

Luqo 5

1Bir kuni Iso Jalila ko‘li bo‘yida turganda, olomon Xudoning so‘zini eshitish uchun Isoning yonida tirband bo‘ldi.

2Iso ko‘l qirg‘og‘ida turgan ikki qayiqni ko‘rdi. Baliqchilar qayiqdan chiqib, to‘rlarini yuvayotgan edilar.

3Qayiqlardan biri Shimo‘nniki edi. Iso Shimo‘nning qayig‘iga tushib, qirg‘oqdan bir oz nariroq suzib borishni iltimos qildi. So‘ng o‘tirib, o‘sha yerdan odamlarga ta’lim berdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →