NUR

Luqo 3

1Qaysar Tiberius hukmronligining o‘n beshinchi yili edi. Yahudiyada Po‘ntiy Pilat Rimlik hokim edi. Jalilada Hirod, Itureya bilan Traxonit viloyatlarida Hirodning ukasi Filip, Avilina viloyatida Lisaniy hukmronlik qilar,

2Hanan va Kayafa esa oliy ruhoniy edilar. O‘sha vaqtda sahroda yashayotgan Zakariyoning o‘g‘li Yahyoga Xudoning so‘zi keldi.

3U Iordan daryosi atrofidagi yerlarni kezib, odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga cho‘minglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb va’z qilardi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →