NUR
Luqo 19
1Iso Yerixo shahriga kirib, shahar bo‘ylab o‘tayotgan edi.
2Bu shaharda Zakkay degan bir odam bor edi. U soliqchilar boshlig‘i bo‘lib, boy edi.
3Zakkay: “Iso kim ekan?” deb Uni ko‘rishga urinardi, ammo odam ko‘pligidan ko‘ra olmasdi, chunki uning bo‘yi past edi.