NUR
Luqo 17
1Iso O‘z shogirdlariga yana dedi: “Gunohga yetaklaydigan vasvasalar doimo keladi. Ammo vasvasaga sababchi bo‘lgan odamning holiga voy!
2Bu kichiklarning birontasini gunohga boshlaganingizdan ko‘ra, bo‘yningizga tegirmon toshini osib, sizni dengizga tashlashgani o‘zingiz uchun yaxshiroqdir.
3Ehtiyot bo‘linglar! Agar birodaringiz gunoh qilsa, unga tanbeh bering. Agar tavba qilsa, uni kechiring.