NUR
Levilar 2
1Agar birortangiz Egamizga don nazrini keltirmoqchi bo‘lsangiz, sifatli bug‘doy unini nazr qiling. Bug‘doy uniga zaytun moyini qo‘shib, ustiga xushbo‘y tutatqidan qo‘ying.
2So‘ng o‘sha bug‘doy unini Horunning ruhoniy o‘g‘illariga olib keling. Ruhoniy moy qo‘shilgan sifatli unning bir hovuchini va ustidagi tutatqining hammasini olib, qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qilish nazrning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Olovda kuydirilgan bu nazrdan Egamizga yoqimli hid boradi.
3Don nazrining qolgani esa Horun va uning o‘g‘illariniki bo‘lsin. Nazrning ruhoniylarga tegishli bu qismi g‘oyat muqaddasdir, chunki u Egamizga atalgan, olovda kuydiriladigan nazrlardan olingandir.