NUR
Levilar 1
1Egamiz Uchrashuv chodiridan Musoni chaqirib, unga
2Isroil xalqi uchun quyidagi qonunlarni berdi: birontangiz Egamizga qurbonlik qilmoqchi bo‘lsangiz, podangizdagi yoki suruvingizdagi hayvonni olib keling.
3Bordi–yu, qoramol podasidan birorta hayvonni qurbonlik qilib, kuydirmoqchi bo‘lsangiz, nuqsonsiz bir buqani tanlab oling. Egamiz bu qurbonligingizni qabul qilishi uchun buqani Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib keling.