NUR
Marsiya 1
1Voy sho‘rim! Odamlarga to‘lib–toshgan bir vaqtlar, Naqadar yolg‘izdir endi bu shahar! Xalqlar orasida shuhrat qozongan, Endi bir beva ayolga u o‘xshab qolgan. U viloyatlar orasida malikaday edi, Endi u bir cho‘riga o‘xshab qoldi.
2Kechalari u achchiq–achchiq yig‘laydi, Ko‘zlaridan yoshlar oqadi. Uni yupatadigan biron kimsa Yo‘qdir o‘ynashlarining orasida. Do‘stlari unga xiyonat qilishdi, Unga dushman bo‘lib qolishdi.
3Yahudo xalqi surgun bo‘lib, azoblar tortdi, Tutqunlikning mashaqqatini u totib qo‘rdi. Begona xalqlar orasida o‘rnashganda, O‘ziga orom topa olmadi. U tang ahvolga tushib qolganda, Ta’qib etuvchilar uni qo‘lga oldi.