NUR
Yoshua 5
1Isroil xalqi Iordan daryosidan o‘tib bo‘lguncha, Egamiz ular uchun daryoning suvini quritgan edi. Iordanning g‘arbidagi Amor shohlari va O‘rta yer dengizi yonidagi Kan’on shohlari bu haqda eshitib, juda qo‘rqib ketishdi. Isroil xalqini deb ularning jasoratidan asar ham qolmadi.
2O‘sha paytda Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Toshdan pichoqlar yasab, Isroil xalqining bu yangi avlodini sunnat qilinglar.”
3Yoshua toshdan pichoqlar yasatib, ularni Givot–Xarilo‘t degan joyda sunnat qildirdi.