NUR
Yoshua 3
1Ertasiga tongda Yoshua butun Isroil xalqi bilan birga Shitim qarorgohidan chiqib, Iordanga yetib kelishdi. Daryoni kechib o‘tishdan oldin ular o‘sha yerda qarorgoh qurishdi.
2Uch kundan keyin qabila nazoratchilari qarorgoh bo‘ylab yurib,
3xalqqa shunday deyishdi: “ Levi ruhoniylari Egangiz Xudoning ahd sandig‘ini ko‘tarib ketayotganini ko‘rganingizda yo‘lga chiqasizlar. Uning orqasidan boringlar,