NUR

Yoshua 21

1Levi qabilasi urug‘larining boshliqlari kelib, ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va boshqa Isroil qabilalarining boshliqlari bilan gaplashishdi.

2Isroil xalqi hali ham Kan’on yurtidagi Shilo‘ shahrida edi. Levi qabilasidan kelganlar shunday deyishdi: “Levi qabilasiga yashash uchun shaharlar, qo‘y–mollarini boqish uchun esa shaharlarning atrofidagi yaylovlarni bergin, deb Egamiz Musoga amr qilgan edi.”

3Shunda Egamizning amri bo‘yicha Isroil xalqi o‘zlarining yerlaridan Levi qabilasiga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlarni berdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →