NUR
Yoshua 14
1Iordan daryosining g‘arbida Kan’on yurtidagi yerlardan Isroil xalqining qolgan qabilalari mulk oldilar. Ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va Isroil qabilalarining boshliqlari bu yerlarni qabilalarga bo‘lib berishdi.
2Iordan daryosining g‘arbida mana shu to‘qqiz qabila va bir qabila yarmisining ulushlari, Musoga Egamiz buyurganday, qur’a tashlab belgilandi.
3Iordanning sharqida esa Muso ikki qabilaga va bir qabilaning yarmisiga ulush berib bo‘lgandi. Yusufning ikki o‘g‘li Manashe va Efrayimdan ikki qabila kelib chiqqan edi. Ammo Isroil qabilalari orasida Levi qabilasi hech qanday ulush olmadi. Ularga faqat o‘zlari yashashi uchun shaharlar va qo‘y–mollarini boqish uchun shaharlar atrofidagi yaylovlar berildi.