NUR

Yunus 4

1Bu voqeadan Yunus qattiq xafa bo‘lib g‘azablandi.

2U Egamizga ibodat qilib dedi: “Ey Egam! Shunaqa qilishingni o‘z yurtimda ekanimdayoq aytmaganmidim?! Shuning uchun men Tarshishga qochgan edim–da. Sen inoyatli, rahmdil, jahli tez chiqmaydigan, sodiq sevgisi mo‘l, g‘azabidan tushib kechiradigan Xudo ekanligingni bilgan edim.

3Endi, iltijo qilaman, Egam, jonimni olib qo‘ya qol. Yashaganimdan ko‘ra, o‘lganim yaxshiroq.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →