NUR

Yo'el 3

1Egamiz shunday deydi: “O‘sha kunlarda Men Yahudo va Quddusning oldingi mavqeini tiklayman.

2So‘ng barcha xalqlarni yig‘ib, Hukm vodiysiga olib tushaman. U yerda xalqim Isroil haqi uchun ular bilan da’volashaman, chunki ular Mening xalqimni turli ellarga tarqatib yubordilar. Yurtimni esa o‘zaro bo‘lishib oldilar.

3Ular xalqim uchun qur’a tashlab, o‘g‘il–qizlarimni sotib yubordilar. Tushgan pulga fohishabozligu aysh–ishrat qildilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →