NUR
Yuhanno 14
1Iso shogirdlariga dedi: — Yuragingiz siqilmasin. Xudoga ishoning, Menga ham ishoning!
2Otamning uyida maskan ko‘p. Shunday bo‘lmaganda edi, sizlarga bularni aytib o‘tirmagan bo‘lardim. Men sizlarga joy tayyorlagani ketyapman.
3Men borib sizlarga joy tayyorlayman–u, sizlarni O‘zim bilan olib ketgani kelaman. Toki Men bo‘lgan joyda sizlar ham bo‘linglar.