NUR
Yuhanno 10
1“Sizlarga chinini aytayin: kim qo‘y qo‘rasiga eshikdan kirmay, boshqa yo‘ldan oshib tushsa, u o‘g‘ri va bosqinchidir.
2Eshikdan kirgan odam esa qo‘ylarning cho‘ponidir.
3Qorovul unga eshikni ochib beradi. Qo‘ylar uning ovoziga quloq soladi. U esa o‘z qo‘ylarini nomma–nom chaqirib tashqariga olib chiqadi.