NUR
Ayub 42
1Shunda Ayub Egamizga javob berdi:
2“Ha, bilaman, Sen hamma narsani qila olasan. Sening rejalaringni hech kim buza olmaydi.
3“Bilmay turib, donoligimga gumon qilayotgan kim?” — deb so‘rading. O‘sha menman. O‘zim tushunmaydigan narsalar haqida og‘iz ochdim. Aqlim yetmaydigan ajoyibotlar haqida gapirdim.