NUR
Ayub 2
1Bir kuni samoviy mavjudotlar Egamizning oldiga kelishdi. Shayton ham Egamizning huzuriga keldi.
2Shaytondan Egamiz: “Qayerdan kelyapsan?” — deb so‘radi. Shayton Egamizga: “Yer yuzining u yog‘idan bu yog‘iga yurib, aylanib chiqdim”, — deb javob berdi.
3Shaytonga Egamiz shunday dedi: “Qulim Ayubni ko‘rdingmi? Yer yuzida unga o‘xshagan hech kim yo‘q. U aybsiz va solih odam. Mendan qo‘rqadi, fosiqlikdan yuz o‘girgan. Sen esa bekorga Meni unga zarar ko‘rsatishga undading. Qara, u hali ham solihligida mahkam turibdi.”