NUR
Ayub 1
1Bir vaqtlar Uz degan yurtda Ayub ismli bir odam yashar edi. Bu odam aybsiz va solih edi. U Xudodan qo‘rqardi, fosiqlikdan yuz o‘girgan edi.
2Uning yettita o‘g‘li va uchta qizi bor edi.
3Uning yana yetti mingta qo‘yi, uch mingta tuyasi, omochga qo‘shiladigan besh yuz juft ho‘kizlari, besh yuzta eshagi va juda ham ko‘p xizmatkorlari bor edi. Bu kishi sharqda yashaydiganlar orasida eng buyuk odam edi.