NUR
Yeremiyo 9
1Koshkiydi, boshim bir buloq bo‘lsa, Ko‘zlarim yoshlar chashmasi bo‘lsa. Xalqim halokatga uchragani uchun, Kechayu kunduz yig‘lagan bo‘lar edim!
2Qaniydi, sahroda bir qo‘nolg‘am bo‘lsaydi, Men xalqimni tark etgan bo‘lardim, Ularning orasidan chiqib ketardim! Axir, ularning hammasi zinokor, xoinlar to‘dasidir.
3Egamiz shunday demoqda: “Xalqim tillarini kamon kabi qayirib, Yolg‘on so‘zlarni o‘qdek otishadi. Xalqim nohaqlik qilib, yurtda kuchayib bormoqda, Yomonlik ketidan yomonlik qilmoqda, Ular Meni tan olmaydilar.”