NUR
Yeremiyo 7
1Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2“Egang uyining darvozasi oldiga bor. O‘sha yerda turib, baland ovozda shunday deb ayt: Ey jamiki Yahudo xalqi — Egamizga sajda qilish uchun mana bu darvozalardan kirganlar! Egamizning gaplarini eshitinglar.
3Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Yomon yo‘lingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni o‘zgartiringlar. Shundagina bu yurtda yashashingizga ijozat beraman.