NUR
Yeremiyo 6
1Ey Benyamin nasli, Joningizni qutqaringlar! Quddusdan qochib chiqinglar! Taxuva shahrida burg‘u chalinglar! Bayt–Xakerem shahrida olov yoqib, belgi ko‘rsatinglar. Ana, shimoldan bir falokat kelyapti, Dahshatli bir halokat yaqinlashyapti.
2Qiz Quddus go‘zal va latofatlidir, Ammo Men uni yo‘q qilib tashlayman.
3Shahar atrofiga joylashib olgan cho‘ponlarday, Dushmanlar Quddusni qamal qiladi. Har biri o‘z lashkari uchun joy tanlaydi.