NUR
Yeremiyo 51
1Egamiz shunday demoqda: “Men Bobilga va uning aholisiga qarshi, Halokat keltiradigan shamol qo‘zg‘ataman.
2Bobilga ajnabiylarni jo‘nataman. Ular bug‘doyni sovurganday, Bobilni sovurib tashlaydilar. Uning bor–yo‘g‘ini shilib oladilar. Kulfat kuni unga har yoqdan yopiriladilar.
3Bobil kamonchilarining sovut kiyishiga, O‘q uzishlariga imkon bermang. Bobil yigitlariga rahm qilmang! Lashkarini tamomila qirib bitiring.